Men yuzimni osmonlar va yerniyaratgan Zotga ixlos bilan qaratdimva men mushriklardan emasman.Albatta, mening namozim, qurbonligim,hayotim va o'limim olamlar Robbi Allohgadir,Uning sherigi yo'q,shu bilan buyurilganman va men musulmonlardanman.Allohim, Sen Podshohsan, Sendan o'zga iloh yo'q.Sen mening Robbimsan, men Sening bandangman,o'zimga zulm qildim va gunohimni e'tirof etdim,shuning uchun barcha gunohlarimni kechir,chunki gunohlarni Sendan o'zga hech kim kechirmaydi.Meni eng go'zal xulqqa hidoyat qil,chunki unga Sendan o'zga hech kim hidoyatqila olmaydi va meni eng yomon xulqdan qutqar,chunki undan Sendan o'zga hech kim qutqara olmaydi.Labbayk, da'vatingga javob berdim, xizmatingga tayyorman.Barcha yaxshilik Sening qo'lingda va yomonlik Sendan emas.Men Sening xohishing bilan borman va Senga qaytaman.Sen barakotli va yuksaksan,Sendan mag'firat so'rayman va Senga tavba qilaman.Alloh hech qanday yaxshilik, foyda,hikmat yoki rahmatsiz sof yomonlikni yaratmaydi,shuningdek gunoh qilmagan hech kimni jazolamaydi.Biror narsa bir nuqtayi nazardanyaratilishi jihatidan yaxshi bo'lib,boshqa nuqtayi nazardan yomon bo'lishi mumkin.Alloh shaytonni yaratdi va u bilan bandalarini sinaydi,shaytonni yomon ko'radigan,u va uning yo'li bilan kurashadigan,unga va uning izdoshlariga dushman bo'ladiganlar bor,shayton bilan ittifoq tuzib,uning izidan boradiganlar ham bor.Demak,yomonlik Uning maxluqotida Uning xohishi va hikmati bilan mavjud,Uning ishlarida yoki yaratish amalida emas.